TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan Abzalova Fotima Mahmudjon qizi qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Abzalova Fotima Mahmudjon qizi, 2002-yilda tug‘ilgan, shu yil 14-avgust kuni Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi, 71 uy manzili bo‘yicha joylashgan uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 170-175 sm., qaddi-qomati o‘rtacha, sochlari uzun och jigar rang, ko‘zlari to‘q qora, lablari, quloqlari o‘rtacha, iyagi to‘g‘ri.
Kiyimlari: oq-qora xol-xol gulli ko‘ylak, qora shippak.
Qidiruvga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni taqdim etish uchun raqamlar: Olmazor tumani IIO FMB 71-230-50-85, 71-230-50-86 yoki 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50.