Tomoshabinlarning yurak urishi tezlashishiga qarab eng qo‘rqinchli film aniqlandi

CC0 / Nathan Wright / Chelovek prislonilsya k steklyannoy dveri
Chelovek prislonilsya k steklyannoy dveri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filmning eng qo‘rqinchi sahnasida tomoshabinlar shunchalik qo‘rqib ketishganki, ularning yurak urishi daqiqasiga 131-martagacha oshib ketgan.

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Olimlar Xellouin arafasida eng qo‘rqinchli filmni aniqlashdi.

“Forbes” jurnali o‘z saytida ma’lum qilishicha, buning uchun Britaniyaning “BroadbandChoices” kompaniyasi mutaxassislari kinotomoshabinlarining yurak urishini o‘lchashgan.

NA Uzbekkino podpisalo memorandum o sotrudnichestve s rossiyskoy kinokompaniyey Sputnik Vostok Prodakshn po syemkam filma Solnse na vkus - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya kinokompaniyasi O‘zbekistonda sarguzasht-fantaziya filmini suratga oladi

Tadqiqotda 2020-yil 15-sentabridan 30-sentabrigacha o‘tkazilgan. Unda  turli yoshdagi 50 kishi ishtirok etgan. Olimlar filmdagi xotirjam va qo‘rqinchli sahnalar vaqtida tomoshabinlarning yurak urishi tezlashinini nazorat qilishgan.

Tadqiqot yakunlariga ko‘ra “Sinister” (“Sinister”, 2012) filmi eng qo‘rqinchli deb topilgan. Bu filmni tomosha qilish vaqtida tomoshabinlar yurak urishi daqiqasiga 86-marta urgan. Bu odatdagiga qaraganda 32 foizga ko‘p degani (daqiqasiga 65-marta). Shu bilan birga filmning eng qo‘rqinchi sahnasida tomoshabinlar shunchalik qo‘rqib ketishganki, ularning yurak urishi daqiqasiga 131-martagacha oshib ketgan.

“BroadbandChoices” talqiniga ko‘ra eng xorror film beshligiga quyidagilar kiritilgan: “Makkor” (“Insidious”, 2010), “Tavba” (“The Conjuring”, 2013), “Reinkarnatsiya” (Hereditary, 2018) va “G‘alati hodisalar” ("Paranormal Activity", 2007).

Yangiliklar lentasi
0