Rus tilida qancha o‘zbekcha so‘z bor?

Obuna bo‘lish
Insoniyat tarixida har bir til o‘zga xalqlar tilidan olingan so‘zlar hisobidan boyib, rivojlanib kelgan. Rus tili ham bundan istisno emas.

O‘zbek tili bayrami kunida Sputnik rus tilida turkiy o‘zakli so‘zlar etimoliyasini o‘rgandi. 

Har bir til asrlar davomida o‘sib, rivojlanib, boyib kelgan. Aksariyat hollarda yangi tushunchalar, yangi so‘zlar qo‘shni xalqlar tilidan olingan. Rus tili ham bundan istisno emas. 5-12 asrlarda Rossiya hozirgi Turkiya va Eron hududida yashagan xalqlar bilan faol savdo va madaniy aloqalarga ega  bo‘lgan. Buning natijasida bir madaniyatga mansub so‘zlar ikkinchi madaniyatga kirib kelgan va o‘zlashtirilgan. 

Bugungi kunda kunda juda ko‘p ishlatiladigan shtani, karandash, loshad, tamojnya, dengi va boshqa so‘zlar turk tili orqali kirib kelgan. Tilshunos olimlar aytishiga qaraganda rus tilida o‘rtacha 2500ga yaqin so‘z turkiy o‘zakka ega.

Turkiy o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlardan tuzilgan rus tili alifbosi bilan infografikamizda tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0