Nosozlik tuzatildi: Turkmanistondan elektr energiyasi importi tiklandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRemont linii elektroperedach
Remont linii elektroperedach  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etib, O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport amaliyotini tiklashdi.

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Kecha, 21-oktabr kuni tonggi  soat 06:52 da Turkmaniston energetika tizimiga qarashli 500 kVli “Serdar-Mari GRES” deb nomlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i favqulodda o‘chgan edi. 

Visokovoltnie linii - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanistondan O‘zbekistonga kelayotgan elektr tarmog‘ida favqulodda o‘chish yuz berdi

Havo tarmog‘i orqali O‘zbekistonga 750 MVtgacha elektr energiyasi importi yetkazib berilayotgani, sodir bo‘lgan nosozlik tufayli O‘zbekiston energetika tizimida 316 MVt quvvat bilan  iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilgani, shuningdek, tonggi soat 7:00 dan boshlab elektr stansiyalardagi mavjud rezerv quvvatlarni oshirish orqali tarmoqdan uzilgan iste’molchilarga kuchlanish berish bo‘yicha zarur choralar  ko‘rilgani haqida xabar bergan. 

Bugun 11:09 da Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etib, O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport amaliyotini tiklashdi.

Yangiliklar lentasi
0