Qashqadaryoda “GTL” zavodi ishchilari uyushtirgan tartibsizlik yuzasidan ma’lumot berildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUzbekistan GTL
Uzbekistan GTL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘uzordagi “Enter Engineering” kompaniyasi ishchilari norozilik namoyishini uyushtirib, kompaniya mulkiga zarar yetkazdi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Bugun, 21-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Enter Engineering” kompaniyasi ishchilari namoyishlari aks etgan video tarqaldi.

Ta’kidlanishchia, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi obyektlaridan birida ishchilar norozilik namoyishini uyushtirib, kompaniya mulkiga zarar yetkazgan.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 21-oktabr kuni ertalab soat 7:30da ishchilar uchun mo‘ljallangan oshxonadagi monoblok tizimidagi (elektron kirish tizimi) texnik nosozlik sodir bo‘lgan. Oqibatda ular kundalik ovqatlanishga kira olmagan. Bu esa katta norozilik keltirib chiqargan.

Xabarda yozilishicha, ayni paytda texnik xodimlar ishchi guruhi monoblok tizimidagi nosozlikni tuzatmoqda.

“Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Enter Engineering Pte. Ltd” rahbariyati tafsilotlarini bilish va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun voqea joyiga uchib ketdi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0