TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Shveysariyada pishirilgan Sugs olcha torti Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.
Qandolat do‘koni boshqaruvchisi Piter Shpek ma’lum qilishicha, tortning vazni 240 kilogrammdan ortiq.
“Ginnesning rekordlar kitobi tasdiqladi: diametri to‘rt metrdan ortiq va vazni 241 kilogramm bo‘lgan gilos torti - dunyodagi eng katta”, - dedi qandolatchi.
Ta’kidlanishicha, tort yanvar oyida pishirilgan: unga 18 kilogrammdan ortiq sariyog‘, 23 kilogramm un, 900 dan ortiq tuxum va deyarli 100 litr olcha likori sarflangan. Shirinlikni tayyorlash uchun 55 soatdan ko‘proq vaqt ketdi.
Tort uch ming bo‘lakka bo‘linib, tomoshabinlarga tarqatildi.