Tojikistonda Rossiya harbiy gospitali veteranlarni qabul qila boshladi

© PRESS-SLUJBA SVOVoyenniy gospital v Tadjikistane nachal priyom veteranov VOV
Voyenniy gospital v Tadjikistane nachal priyom veteranov VOV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy gospitali shifokorlari barcha Ikkinchi jahon urushi veteranlarini va front ortida xizmat ko‘rsatgan fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazishni boshladi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Tojikistonda joylashgan Rossiya harbiy gospitali shifokorlari Ikkinchi jahon urushi veteranlarini qabul qila boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligiga asosan.  

Tojikistonda joylashgan Rossiya 451 harbiy gospital xodimlari Ikkinchi jahon urushi veteranlarini hamda front ortida xizmat ko‘rsatgan shaxslarni, internatsional-jangchilarni  qabul qila boshladi, - deyilgan xabarda.

Barcha keksa fuqarolarni uylaridan gospitalgacha maxsus transportda olib tekshiruvlardan o‘tkazib kerakli muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Veteranlarga kardiolog, xirurg, otolaringolog, endokrinolog, nevrolog va rentgenolog shifokorlar  xizmat ko‘rsatmoqda. U yerda ichki organlarni to‘liq tekshirudan o‘tkazish mumkin. Harbiy gospital barcha kerakli zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan: UZI, elektrokardiogramma, kompyuter tomografiyasi va  rentgenografiya apparatlari.Kerak bo‘lganda bemorlarga statsionar va ambulator davolash xizmatlari taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 451-harbiy gospital shifokorlaridan iborat mobil guruhlar veteranlarni turar joylarida ko‘rikdan o‘tkazib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0