Rossiya qiruvchilari chegaraga yaqinlashayotgan AQSh bombardimonchisini ortga qaytardi

Obuna bo‘lish
Rossiya qiruvchilari Bering dengizi ustida AQSh harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchilarini to‘xtatib qoldi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiya qiruvchilari Bering dengizi ustida AQSh harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchilarini to‘xtatib qoldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Harbiylar chegaraga yaqinlashayotgan ikkita havo nishonini qayd etishdi. Ularni aniqlash va davlat chegarasi buzilishini oldini olish uchun Sharqiy harbiy okrugning havo hujumidan mudofaa kuchlariga qarashli bo‘lgan MiG-31 va Su-35 samolyotlari ko‘tarildi.

“Rossiya qiruvchilarining ekipajlari havodagi nishonlarni AQSh havo kuchlarining ikkita strategik bombardimonchi B-1V ekanligini aniqladilar va ularni Bering dengizi bo‘ylab kuzatib borishdi”- deyilgan xabarda.

Xorijiy samolyotlar ortga burilganda, Rossiya qiruvchilari aerodromga qaytdi.

Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya qiruvchilarining barcha parvozlari havo hududidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. Rossiya davlat chegarasini buzilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Yangiliklar lentasi
0