Xabarovskda Su-34 halokatga uchradi

Obuna bo‘lish
Rossiya ko‘p maqsadli samolyoti qulashi oqibatida hech kim jarohatlanmadi, uchuvchilar katapulta yordamida omon qolishdi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Xabarovsk o‘lkasida o‘quv mashg‘ulotlar vaqtida Su-34 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqida RIA Novosti Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda. 

"Uchuvchilar katapulta qilishgan ulgurgan. Hozir ular baza aerodromda, ularning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solayotgani yo‘q", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Ma’lum bo‘lishicha o‘quv parvozi jangovar aslahalarsiz amalga oshirilgan, samolyot portlash oqibatida havoda to‘liq yonib ketgan. Samolyot qulab tushgan yerda hech qanday vayrongarchilik sodir bo‘lmagan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot fojeasiga olib kelgan sabab uning texnik nosozligi bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun Su-34 — rossiyaning ko‘p maqsadli qiruvchi-bombardimonchi samolyoti bo‘lib u tovush tezligidan tez ucha oladi. Samolyot havo va yerdagi nishonlarga zarba berishi mumkin. Kelajakda Su-24 samolyotlarini to‘liq almashtirish kerak. 

Yangiliklar lentasi
0