Kelgusi 2021-yilda O‘zbekistonda 9ta rasmiy va 2ta qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.
Rasmiy dam olish kunlari bu - Yangi yil, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z, Xotira kuni, Ramazon hayit va Qurbon hayit, Mustaqillik kuni, Ustoz va murabbiylar kuni hamda Konstitutsiya kuni hisoblanadi. Qo‘shimcha dam olish kunlari esa 2,3 sentabr hisoblanadi.
O‘zbekiston Mehnat kodeksida belgilanishiga ko‘ra, rasmiy dam olish kunlari uchun ish beruvchi tomonidan to‘liq ish haqi to‘lanadi. Qo‘shimcha dam olish kunlari uchun esa budjet tashkilotlari mehnat ta’tilini qisqartirish orqali qolgan tashkilotlar esa xodimlar bilan kelishgan holda hisob-kitob qilinadi.