Toshkentda doktoranturaga kirmoqchi bo‘lgan sirdaryolikni chuv tushirishdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 3000 dollar evaziga doktoranturaga kirishda yordam berishni va’da qilgan qallob ustidan jinoyat ishi ochildi.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent shahrida doktoranturaga kirishda yordam berishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda nomzoddan 3 ming dollar talab qilgan tuman kengashi deputati qo‘lga olindi – video

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Olmazor tumani ichki ishlar organlariga 32 yoshli sirdaryolik D.B. murojaat qilgan. U 2019-yilning noyabr oyida unga doktoranturaga kirishda yordam berishini va’da qilib, va’dasida turmagan 46 yoshli M.T.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Firibgar xizmatlari evaziga 3 ming dollar olgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0