Mirziyoyev AQSh generali Makkenzini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal komanduyushego Sentralnim komandovaniyem Voorujennix sil SShA generala Kenneta Makkenzi
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal komanduyushego Sentralnim komandovaniyem Voorujennix sil SShA generala Kenneta Makkenzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.

TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Boyeviki Taliban, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
"Toliblar tinchlikni emas, hokimiyatni istaydi": Afg‘onistonda xalq harakati kuch olmoqda

"Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, suhbat davomida Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan fikr almashilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGeneral Kennet Makkenzi
Mirziyoyev AQSh generali Makkenzini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
General Kennet Makkenzi

General Makkenzi O‘zbekiston prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSh mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish borasida qat’iy ekanini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0