Davlat budjeti 2021: qaysi sohalar ijtimoiy xarajatlari oshirildi

© AP Photo/Sergey PonomarevStarik schitayet dengi v dushanbinskom parke. Arxivnoe foto
Starik schitayet dengi v dushanbinskom parke. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yilgi davlat budjetida ijtimoiy xarajatlar miqdori 15%ga oshirilgan. Ushbu mablag‘lar aynan qaysi sohalarga yo‘naltiriladi?

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. O‘zbkekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 19-oktabr kuni 2021-yil davlat budjeti muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 

Ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag‘lar midori 15 %ga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, keyingi yilda quyidagi xarajatlarni oshirish rejalashtirilgan:

  • maktabgacha ta’lim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish maqsad qilingan. Xalq ta’lim vazirligiga budjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash bo‘yicha birinchi marta budjetdan 100 milliard so‘m, jihozlashga 200 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
  • innovatsion rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga budjetdan 2 baravar ko‘p mablag‘ yoki 100 milliard so‘m ajratiladi.
  • sog‘liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so‘m, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so‘m hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so‘m belgilanishi ko‘zda tutilgan.
  • onkogematologiyaga - ilk bora qariyb 90 milliard so‘m ajratilmoqda. Bunda tamaki savdosidan olingan aksiz solig‘ining 7 % ushbu kasalliklarni davolash jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. 
  • gemodializga muhtoj kasallarga kelgusi yilda ilk bor tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini 100 % yetkazish uchun 130 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
  • kambag‘allikni qisqartirish - maqsadida ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni joriy yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi belgilandi. 
  • tadbirkorlik dasturlari doirasida 3 trillion so‘mdan ortiq subsidiyalar berilishi mo‘ljallanmoqda.
  • bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Jamoat ishlari jamg‘armasiga 250 milliard so‘mdan mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan. 
  • chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun budjetdan birinchi marotaba 30 milliard so‘m ajratilishi belgilangan. Mutasaddilarga bu borada yangi tartib va ro‘yxatlar ishlab chiqish topshirildi.

Budjetni shakllantirishda mahalliy kengashlar vakolatlarini yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi. Hududlar o‘zi uchun qo‘shimcha rezervlarni aniqlashi, ularning hisobiga joylardagi muammolarni hal qilishga o‘rganishlari maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0