An-12 va An-26 harbiy samolyotlarining yerga yaqin parvozi - video

Obuna bo‘lish
An-12 va An-26 – sovet davrida ishlab chiqilgan harbiy-transport samolyotlari bo‘lib, ular harbiy va favqulodda vaziyatlarda keng qo‘llaniladi.

Tver viloyatida joylashgan aerodromdan osmonga ko‘tarilgan An-12 va An-26 samolyotlarining juda past parvozi suratga olindi. Harbiy samolyotlar er yuzidan 50 balanlikda uchib o‘tishdi.

Aviatsiyada bunday parvozlar "breyushiy", ya’ni soqol oluvchi parvoz deyiladi. Chunki bunday balandlikda samolyottlar daraxtlar uchiga tegib ularni sindirib ketishi mumkin. Shu sababli yer yuziga bunday yaqin masofalarda parvoz qilish juda xavfli hisoblanadi.  

An-12 va An-26 – sovet davrida ishlab chiqilgan harbiy-transport samolyotlari bo‘lib, ular harbiy va favqulodda vaziyatlarda keng qo‘llaniladi. Ushbu samolyotlar yordamida texnika va shaxsiy tarkibni bir joylan ikkinchi joyga tezda yetkazib berish mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0