Alisher Navoiy ordeni ta’sis etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey
Alisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2021-yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi keng nishonlanadi.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

  • A.Navoiyning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan mamlakat va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordeni ta’sis etiladi;
  • xorijiy davlatlarda saqlanayotgan A.Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qo‘lozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralari ko‘riladi;
  • 2020-2021 yillar davomida A.Navoiyning qo‘lozmalari asosida shoir asarlarining mukammal ilmiy nashri yaratiladi;
  • A.Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinadi;

2021 yil oxiriga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasida A.Navoiy asarlari hamda navoiyshunoslik fani bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasi yaratiladi.

Alisher Navoiy asarlarini uzluksiz o‘qitish konsepsiyasi ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 o‘quv yilidan barcha ta’lim muassasalarida shu asosda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

2021 yilda Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi.

2021 yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0