TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan.
Petitsiya muallifi aksariyat xorijiy davlatlarda avtomobil boshqarishga 16 yoshdan ruxsat berilgani, bu esa maktabning yuqori sinf o‘quvchilarini ish bilan ta’minlashga xizmat qilishi haqidagi fikrini ilgari surgan.
“O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish kerak. Aksariyat xorijiy davlatlarda avtomobil boshqarishga o‘n olti yoshdan ruxsat berilgan. Bu orqali maktabning katta sinf o‘quvchilarini ish bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Agar o‘quvchilarning bandligini ta’minlasak, ular orasidagi jinoyatchilikni kamaytirishga ham erishamiz”, - deyilgan petitsiyada.
Shularni olgan holda O‘zbekistonda o‘n olti yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish taklif qilingan.