Surxondaryoda “Nexia-3” kanalga qulashi oqibatida butun boshli oila halok bo‘ldi

© Press-slujba GUBDD MVD Uzbekistana.Chetvero chlenov odnoy semi skonchalis pri padenii avtomobilya Nexia v kanal i yego vozgoranii v Angorskom rayone Surxandari
Chetvero chlenov odnoy semi skonchalis pri padenii avtomobilya Nexia v kanal i yego vozgoranii v Angorskom rayone Surxandari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Nexia-3” kanalga qulaganidan keyin avtomobilda yong‘in kelib chiqqan. Bir oilaning to‘rt a’zosi, jumladan, ikki go‘dak qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan ayanchli yo‘l-transport hodisasida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa 18-oktabr kuni soat 23:00 da Angor tumani “Qorabog‘” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1433 kilometrida sodir bo‘lgan. 27 yoshli haydovchi I.I. “Nexia-3”ni  “Samarqand-Termiz” yo‘nalishida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yo‘l bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

© Press-slujba GUBDD MVD Uzbekistana.Chetvero chlenov odnoy semi skonchalis pri padenii avtomobilya Nexia v kanal i yego vozgoranii v Angorskom rayone Surxandari
Surxondaryoda “Nexia-3” kanalga qulashi oqibatida butun boshli oila halok bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Chetvero chlenov odnoy semi skonchalis pri padenii avtomobilya Nexia v kanal i yego vozgoranii v Angorskom rayone Surxandari

YTH oqibatida haydovchi, uning 27 yoshli turmush o‘rtog‘i F.A hamda voyaga yetmagan farzandlari S.O‘. va S.I. (2016 va 2017-yillarda tug‘ilgan) og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etishgan.

© Press-slujba GUBDD MVD Uzbekistana.Chetvero chlenov odnoy semi skonchalis pri padenii avtomobilya Nexia v kanal i yego vozgoranii v Angorskom rayone Surxandari
Surxondaryoda “Nexia-3” kanalga qulashi oqibatida butun boshli oila halok bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Chetvero chlenov odnoy semi skonchalis pri padenii avtomobilya Nexia v kanal i yego vozgoranii v Angorskom rayone Surxandari

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0