TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati O‘zbekistonda 2020-yilning 9 oyi davomida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘proq qanday ismlar qo‘yilganini ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqlarga eng ko‘p Soliha va Muhammadali ismi berilgan. 1 601 nafar qiz chaqaloqqa Soliha ismi, 1 582 nafar o‘g‘il bola uchun Muhammadali ismi tanlangan.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda 2019 yilda ham yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan edi. Bundan tashqari, 2018 yilda chaqaloqlarga asosan Mustafo va Soliha ismlari berilgan. 2017 yilda esa chaqaloqlarga qo‘yilgan eng ommaviy ismlar – Madina va Azizbek bo‘lgan.