TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.
Xabarda yozilishicha, 28 mlrd so‘mga 133 ta emas, balki 18 mlrd 789 mln 813 ming so‘mga 81 ta transport vositasi sotib olingan.
Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham boshqarma tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida:
- 15 ta Equinox AT;
- 20 ta Cobalt GS/16MTB;
- 13 ta Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus);
- 1 ta Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus);
- 2 ta Volkswagen Caddy (Trendline);
- 14 ta SAZ HC-40 avtobusi;
- 16 ta Malibu-2 avtomobil sotib olingan.
“Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini ma’lum qilamiz”, — deyilgan xabarda.