Quvvatga to‘ldi: Tramp amerikaliklar oldida yana raqs tushdi

© AFP 2023 / Saul LoebPrezident SShA Donald Tramp provodit miting vo vremya svoyey kampanii v mejdunarodnom aeroportu Orlando Senford v Senforde, shtat Florida
Prezident SShA Donald Tramp provodit miting vo vremya svoyey kampanii v mejdunarodnom aeroportu Orlando Senford v Senforde, shtat Florida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq bo‘lib o‘tgan debatlarda opponentlar bir-birlari haqida keskin fikrlar bildirishgan edi. Xususan, Bayden Trampni "irqchi" va "kloun", deb atadi.

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Yaqindagina koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan AQSh prezidenti Donald Tramp Floridada o‘z saylovchilari uchun raqs tushdi, deb xabar qiladi NEWS.ru.

Ijtimoiy tarmoqlarda amerika yetakchisi Y.M.C.A. xit-taronasiga "yondiruvchi" harakatlar bilan raqs tushayotgani aks etgan kadrlar tarqalgan. Saylovchilar esa prezident harakatlariga taqlid qilishga urinishgan. Tramp Florida shtatida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni shu tarzda yakunlagan.

​"U COVID-19"dan so‘ng yanada quvvatga to‘ldi", – deyiladi videoga yozilgan izohda.

Sal oldin Donald Tramp koronavirusdan tuzalganidan so‘ng Pensilvaniyada o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvi vaqtida ham raqs tushgan edi. O‘shanda tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati shu uchun prezidentini juda ham yaxshi ko‘rishlari haqida yozib qoldirishgan.

AQShdagi prezident saylovlari 3-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Shtatlar rahbari lavozimi uchun amaldagi yetakchi va mamlakat vitse-prezidenti demokrat Jo Bayden kurashishmoqda. Ilgariroq bo‘lib o‘tgan debatlarda opponentlar bir-birlari haqida keskin fikrlar bildirishgan edi. Xususan, Bayden Trampni "irqchi" va "kloun", deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0