Afg‘onistondagi 5,5 balli zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

© AFP 2023 / PEDRO PARDORabota seysmografa
Rabota seysmografa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda 5,5 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 554 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 16.10.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 15:10 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 36,54 gradus shimoliy kenglik; 71,25 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 223 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 554 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Toshkent: 554 km, 2 ball. Namangan: 497 km, 2 ball. Andijon: 481 km, 2 ball. Farg‘ona: 430 km, 2 ball. Guliston: 489 km, 2 ball. Jizzax: 496 km, 2 ball. Samarqand: 511 km, 2 ball. Buxoro: 696 km, 2 ball. Termiz: 361 km, 3 ball. Qarshi: 545 km, 2 ball. Navoiy: 646 km, 2 ball.

Yangiliklar lentasi
0