TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov faqat yangi parlament parlament saylovlaridan keyin isteʼfoga chiqadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva maʼlum qildi.
14 oktyabr kuni davlat rahbari respublikaning yangi bosh vaziri Sadir Japarov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda “bosh vazir oʻz talabini maʼlum qildi: prezident bugun kechqurun isteʼfoga chiqishi shart”.
“Sooronbay Jeenbekov yana bir bor taʼkidladiki, hozir prezident lavozimini tark etishga haqqi yoʻq, chunki bu davlatga zarar keltiruvchi voqealarning kutilmagan rivojlanishi stsenariysiga olib keladi”, - dedi Stamaliyeva. Uning soʻzlaridan Sputnik Qirgʻiziston iqtibos keltirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Jeenbekov u 2020 yil 9 oktyabr kuni maʼlum qilgan pozitsiyasiga sodiq qolishini eslatib oʻtgan: “mamlakatda qonunchilik barqaror topgandan soʻng isteʼfo beradi.
“Prezidentning hech bir bayonotida va davlat rahbari matbuot xizmatining xabarlarida aniq sana va lavozimdan ketish kuni koʻrsatilmagan”, - deya qoʻshimcha qildi mamlakat prezidenti matbuot kotibi.
5 oktyabr kuni Bishkekda respublika parlamentiga oʻta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Ular parlament saylovlari yakunlarini bekor qilishni va takroriy ovoz berish oʻtkazilishi talabini ilgari surdilar. Oʻsha kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aktsiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Natijada 6 oktyabr kuni parlament saylovlari natijalari haqiqiy emas deb topildi.
Namoyishlar ortidan mamlakat bosh vaziri Kubatbek Boronov isteʼfoga chiqdi. 14 oktyabr kuni Qirgʻiziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Shuningdek, deputatlar hukumat tarkibi, tuzilishi va dasturini maʼqulladi. Respublika prezidenti Sooronbay Jeenbekov Japarov boshchiligidagi Hukumatning yangi tarkibini tayinlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.