Toshkent uchun 1 trln so‘mga 300 dona elektrobus xarid qilish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovElektrobus
Elektrobus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Transport vazirligi “Toshshahartransxizmat” AJ uchun uch yil ichida 1 trln so‘mga 300 katta sig‘imli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni taklif qilmoqda.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi 2021-2023 yillarda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi korxonalar harakat tarkibini yangilash dasturi to‘g‘risida Vazirlar mahkamasi qarorini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjatda keltirilishicha, 2019-2020 yillarda Belarus va Xitoyda ishlab chiqarilgan katta sig‘imli elektrobuslar Toshkentda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Ular yo‘lovchilar uchun qulay, shovqinsiz, atmosferaga zararli moddalar chiqarmaydi.

Birinchi elektrobus Toshkent yo‘llariga chiqdi

Shu munosabat bilan vazirlik 2021-2023 yillar davomida har yili 100 donadan, jami 300 dona katta sig‘imli shahar elektrobuslari va quvvatlash uskunalarini xarid qilishni taklif qilmoqda. Yetkazib beruvchini tender asosida tanlash rejalashtirilmoqda.

Elektrobus nachnet perevozit passajirov uje na sleduyushey nedele - Sputnik O‘zbekiston
Elektrobusning afzalligi nimada

Har bir elektrobus taxminan 3,2 mlrd so‘mga baholangan. Har yili 100 ta elektrobus xarid qilishga 325 mlrd so‘m, uch yilda 967 mlrd so‘m sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. 300 ta quvvatlash uskunalari 30,5 mlrd so‘mga baholangan. Shunday qilib, loyihaning umumiy qiymati 1 trln so‘mni tashkil etadi.

Moliyalashtirish manbai “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 7-yillik muddatga, bir yillik imtiyozli shartlar bilan, Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 0,5 foizdan ortiq bo‘lmagan marjasi qo‘shilgan holda ajratiladigan kredit mablag‘lari hisoblanadi.

Poytaxtda yana bir elektrobus sinovdan o‘tmoqda

Kredit mablag‘larini qoplash, foizlar, komissiyalar va jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa harajatlarni to‘lash davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, elektrobuslar va quvvatlash uskunalaridan foydalanishning kafolat muddati davrida ularning ishdan chiqqan qismlari o‘rniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar hamda materiallar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish taklif qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0