Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 15 oktyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik derjit v rukax test na koronavirus
Meditsinskiy rabotnik derjit v rukax test na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sutka davomida 223 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 62 278 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Vlasti OAE postavili v Uzbekistan boleye vosmi tonn gumanitarnoy pomoщi iz meditsinskix sredstv zaщitы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
COVID-19: BAA Oʻzbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi

Bir sutka davomida 223 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 61 319  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari - 95 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 196 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 59 291 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 469 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 518 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

BAAdan yordam

Birlashgan Arab Amirliklari Oʻzbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashish maqsadida 7 tonna insonparvarlik yordamini yubordi. Respublikaga sunʼiy nafas oldirish jihozlari, kislorod kontsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar yetkazildi.

Na bazarax yest absolyutno vse produktы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Deputatlar oziq-ovqatni vaqtincha QQSdan ozod qilishmoqchi

Yangi nazorat tizimi

Fargʻona viloyatida 17 oktyabrdan zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda niqob taqmagan qoidabuzarlar aniqlanadi. Jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay, niqobsiz harakatlangan fuqarolarni video, fotofiksatsiya vositalari orqali aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bogʻchaga navbat

Bogʻchalarga elektron navbatlar 15 oktyabrdan yoʻlga qoʻyildi.

Ona-onalar farzandlarining maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilinishi uchun navbatga turishlari va yoʻllanma olishlari mumkin boʻladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 38,7 milliondan oshdi, 1 million 96 mingdan ortiq  kishi vafot etdi, 29,1 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (8,2 mln), Hindistonda (7,3 mln), Braziliyada (5,1 mln).

Yangiliklar lentasi
0