O‘rta Chirchiqda jinoiy guruhning bir yo‘la 12 jinoyati fosh etildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki  v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoiy guruh a’zolari jinoyatlarni puxta reja asosida may, avgust va sentabr oylarida sodir etgan. Ular 7 ta mahallada aholining 12 bosh mollarini o‘g‘irlagan.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida chorva mollarini o‘g‘irlashga “ixtisoslashgan jinoiy guruh”ning 12 jinoyati bir vaqtda fosh etdi.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular 7 ta mahallada aholining 12 bosh mollarini o‘g‘irlagan.

Jumladan, navbatdagi tadbir davomida “Darxon” mahallasi hududidan uch nafar noma’lum shaxslar shu yerda yashovchi fuqaroga tegishli, taxminiy narxi 7 million so‘m bo‘lgan bir bosh qora molni o‘g‘irlab ketayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ushlangan shaxslar – O‘rta Chirchiq tumani “Mayramko‘l” mahallasida yashovchi 26 yoshli, A.T. va uning sheriklari 25 yoshli Sh.Sh. hamda 36 yoshli Sh.Sh lar ekanligi, ular jinoyatlarni puxta reja asosida may, avgust va sentabr oylarida sodir etganligi aniqlangan.

© Press-slujba MVDV Urtachirchikskom rayone zaderjana organizovannaya prestupnaya gruppa, podozrevayemaya v serii kraj skota
O‘rta Chirchiqda jinoiy guruhning bir yo‘la 12 jinoyati fosh etildi - Sputnik O‘zbekiston
V Urtachirchikskom rayone zaderjana organizovannaya prestupnaya gruppa, podozrevayemaya v serii kraj skota

Shu vaqt oralig‘ida ular tomonidan yettita mahalla hududidan o‘g‘irlangan 11 bosh qora mol va 1 bosh qo‘chqor ashyoviy dalil sifatida olinib, o‘z egalariga tilxat asosida qaytarilgan.

Mazkur holatlar ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0