TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan muntazam parvozlarni qayta tiklamoqda. Tegishli farmonga Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzo chekkan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Haftasiga reyslar soni cheklangan bo‘ladi. Serbiyaga ikkita reys amalga oshiriladi – Moskvadan Belgradga. Rossiyadan Kubaga ham shuncha reys qo‘yiladi. Moskva – Kayo-Koko va Moskva – Santa-Klara yo‘nalishlari bo‘yicha.
Yaponiya bilan aviaqatnov 1-noyabrdan qayta tiklanadi. Reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Ikkitasi Moskvadan Tokioga, yana bittasi Vladivostokdan Tokioga.
Rossiya mart oyi oxiridan boshlab koronavirus pandemiyasi sabab boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘ygan edi.
1 avgustdan boshlab Rossiya hukumati chet elga parvozlarni qayta tiklashni boshladi. Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya, Shveysariya, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Maldiv bilan ikki tomonlama parvozlar tiklangan.