TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Turinning "Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalindi. Uning test natijasi musbat chiqdi, deb xabar beradi RIA Novosti Portugaliya Futbol Federatsiyasiga (FPF) asosan.
Qayd etilishicha, 35 yoshli hujumchida hech qanday alomatni sezmayapti, u o‘zini o‘zi yakkalagan.
Ronaldu milliy terma jamoaning navbatdagi o‘yinlaridan vaqtinchalik ozod etildi, chorshanba kuni Lissabonda millatlar ligasi guruh bosqichida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.
Terma jamoa matbuot xizmati mehmonxona balkonida turgan Ronalduning suratini e’lon qildi.
Cristiano Ronaldo DID NOT TRAIN today with the squad, after being tested positive for COVID-19.
— The CR7 Timeline. (@TimelineCR7) October 13, 2020
He watched the teammates train from the room. pic.twitter.com/N0bA3JW05v
11 oktabr kuni Ronaldu Millatlar ligasi doirasida Parijning Sen-Deni shaharchasida bo‘lib o‘tgan Fransiya jamoasiga qarshi 90 daqiqa to‘p surdi. O‘yin durang bilan yakunlandi.