MO davlatlari suv-energetika muammosini qanday hal qilishi mumkin - Migranyan

© SputnikRukovoditel otdela ekonomiki Instituta stran SNG Aza Migranyan
Rukovoditel otdela ekonomiki Instituta stran SNG Aza Migranyan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutining yetakchi ilmiy xodimi, MDH davlatlari instituti iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Aza Migranyan Markaziy Osiyo davlatlari suv-energetika muammosini qanday hal qilishi mumkinligi yuzasidan o‘z fikrlarini aytdi.

O‘zbekiston va Tojikiston uchun elektr energiyaning taqchilligi muammosi dolzarbdir.

Buni qanday hal qilish mumkin? Qiyin vaziyatdan chiqish yo‘li energetika obyektlarini qurilishi atrofidagi respublikalar o‘rtasida yuqori darajadagi murosaga erishish yordam berishi kerak, dedi ekspert.

"Muammoning yechimi juda oddiy. Davlatlararo konsorsium tuzilishi mumkin, unda suv ishlab chiqaruvchi va suv bilan bog‘liq muammolarga ega bo‘lgan davlatlar, ya’ni shu holatda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va, ehtimol, Qozog‘iston. Ushbu sohadan olinadigan daromadlarni taqsimlash bo‘yicha munosabatlarni o‘rnatish uchun o‘zaro manfaatli shart-sharoitlarni shakllantirish va suvni ajratish va iste’mol qilish bo‘yicha yo‘qotishlarni minimallashtirish zarur. Bu vaziyatni hal qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan yagona usul", - dedi Migranyan "Rossiya segodnya" XAA matbuot markazida o‘tkazilgan konferensiyada.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, konsensusni shakllantirishning asosiy moderatori Rossiya Federatsiyasi bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0