TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Qobil Hamdamov Toshkent viloyati Olmaliq shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Viloyat hokimi Rustam Xolmatov o‘z so‘zida sobiq hokimning Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklariga to‘xtaldi. Shuningdek, rahbar odam o‘z shaxsiy hayotiga ham e’tiborli bo‘lishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishi lozimligini ta’kidladi.
Qobil Hamdamov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.