TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yangi Polo federatsiyasi ish boshladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bahromjon Gaziyev O‘zbekiston polo federatsiyasiga rais etib saylandi.
Gaziyev yangi lavozimga saylangani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Temuriylar davrida xalqimiz sevib o‘ynagan ushbu sport turini qaytarish vaqti keldi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro polo federatsiyasi va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz”, – dedi u.
O‘zbekiston polo federatsiyasining rahbariyati quyidagicha ko‘rinish oldi: Federatsiya raisi - Bahromjon Gaziyev, faxriy rais - Komiljon Karimov, rais maslahatchisi - Yakov Ribalskiy, rais o‘rinbosarlari Bahrom Mirmaksimov, Kseniya Gulyamova, Ahror Haydarov, bosh kotib: Abdurasul Mo‘minov.