O‘zbekiston Jinoyat kodeksi musodara to‘g‘risidagi moddalar bilan to‘ldiriladi

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud maxsus musodara qilishni qo‘llash vaqtida musodara qilinadigan mol-mulkni aniq ko‘rsatishi lozim bo‘ladi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Jinoyat kodeksini “Mulkiy yo‘sindagi majburlov choralari” bilan to‘ldirish taklif qilmoqda. Tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgan.

Maxsus musodara qilish tarzidagi mulkiy yo‘sindagi majburlov choralari sudning hukmi yoki ajrimiga asosan haq to‘lamaslik sharti bilan olib qo‘yish va davlat foydasiga o‘tkazish maqsadida quyidagi mol-mulklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Bunday mol-mulklar jumlasiga:

  • jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk, shuningdek ushbu mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf;
  • jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan pul mablag‘lar va boshqa mol-mulk;
  • ekstremistik yoki terrorchilik faoliyatini, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni yoxud uyushgan jinoiy guruh yoki jinoiy uyushmani moliyalashtirish yoki boshqacha tarzda ta’minlash uchun mo‘ljallangan yoki foydalaniladigan pul mablag‘lar va boshqa mol-mulk;
  • jinoyat sodir etish quroli, narsalar, uskunalar yoki boshqa vositalar kiritiladi.

Jinoyat sodir etish natijasida olingan va jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan boshqa shaxslarning egaligiga o‘tkazilgan mol-mulk ham musodara qilinadi.

Baxadir Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo sentra protivodeystvii korrupsii Akademii Genprokuraturi RUz - Sputnik O‘zbekiston
Poraxo‘rlik va mol-mulkni musodara qilish - ekspert fikri

Jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va mol-mulk to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan yoki boshqa shaxslar egaligiga o‘tkazilgan bo‘lsa, maxsus musodara qilish jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulk qismiga nisbatan qo‘llaniladi.

Sud maxsus musodara qilishni qo‘llash vaqtida musodara qilinadigan mol-mulkni aniq ko‘rsatishi lozim bo‘ladi.

Maxsus musodara qilish Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadigan, undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkka nisbatan qo‘llanilmaydi.

Qonun loyihasi 22-oktabrga qadar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0