TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 221 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 319 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlari - 102 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Bugunning o‘zida 237 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 58 306 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 2 504 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 509 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Qo‘shimcha qatnov
Rossiya hududidan fuqarolarni olib chiqish uchun qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.
Poyezdlar 483/484 raqamlar ostida "Voljskiy - Toshkent" yo‘nalishida Voljskiy bekatidan 11, 12, 15, 18, 22, 25, 28-oktabr va 1, 2-noyabr kunlari yo‘lga chiqadi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 37,7 milliondan oshdi, 1 million 81 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 28,3 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,9 mln), Hindistonda (7,1 mln), Braziliyada (5,0 mln).