NASA astronavti Kris Kessidi xalqaro kosmik stansiyada tualet qanday ishlashini ko‘rsatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kosmosda hojatxonaga borish oddiy ish emas.
Birinchidan, hojatxona ichidagi hamma tizimlar to‘g‘ri ishlayotganiga amin bo‘lish kerak. Buni bir necha yonib turgan chiroqlardan bilish mumkin.
Fazogir hikoyasiga ko‘ra, koinotda tualetga borishning o‘ziga xos qiynchiliklari bor. Har bir ishni juda ehtiyotkorlik bilan bajarish kerak, o‘zingizdan keiyn hamma joyni toza qoldirish kerak. XKSda unitaz ham juda kichik hajmda. Undan foydalanish uchun mahorat kerak.
Ha aytmoqchi, yaqin xalqaro kosmik stansiyaga yangi unitaz olib kelishdi. U ushbu videoda ko‘rsatilmagan. Yangi unitaz titandan yasalgan bo‘lib, uning narxi 23 million dollar. Aytishlaricha, u oldingisidan ancha qulay bo‘lishi kerak.