Uchtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

© Press-slujba MChS UzbekistanaV torgovom sentre Uchtepa Outlet proizoshel krupniy pojar
V torgovom sentre Uchtepa Outlet proizoshel krupniy pojar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Uchtepa Outlet Centre” savdo majmuasida yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilindi.

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yoshilishicha, bugun soat 8:49 da tumandagi Farhod ko‘chasida joylashgan “Uchtepa Outlet Centre” savdo majmuasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in natijasida majmuaning ichki va tom qismi 1500 kv.m maydonda yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 8:54 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 9:54 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

© Press-slujba MChS UzbekistanaV torgovom sentre Uchtepa Outlet proizoshel krupniy pojar
Uchtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
V torgovom sentre Uchtepa Outlet proizoshel krupniy pojar

Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0