O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga qanday kirishi mumkinligi aytildi

© Sputnik / Nina ZotinaNachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya FMX rahbari bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari qanday tartibda Rossiya hududiga kirishi mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Bugungi kunda faqat yuqori malakali mutaxassislar Rossiya hududiga kirishi mumkin, dedi IIV Migratsiya Bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Valentina Kazakova Sputnik bilan bo‘lgan intervyuda.

"Bugungi kunda xorijiy fuqarolar Rossiya hududiga faqat Federal Hukumat organlarining maxsus taklifnomasiga (xodotaystvo) asosan kirib kelishlari mumkin. (17:25) Ya’ni ular – yo yuqori malakali mutaxassis yoki alohida uskunalari sozlash uchun chaqirilgan mutaxassislar bo‘lishi kerak", - dedi Kazakova.   

O‘zbekiston fuqarolari uchun ham shunday tartib amal qiladi. Rossiya hududiga kirish uchun ular ham Federal hukmuat organining taklifnomasiga ega bo‘lishlari kerak. (19:55)

Rabochie vo vremya stroitelstva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayapti - bosh vazir o‘rinbosari

Shuningdek, Rossiyaga kirib kelgandan so‘ng barcha xorijiy fuqarolar uchun 14 kunlik o‘zini o‘zi yakklash taritiba amal qiladi. Undan tashqari kirib kelishdan 3 kun oldin olingan COVID yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak.

Rossiya Federatsiyasidan chiqishda xorijiy fuqarolar uchun hech qanday cheklov yo‘q. Avia yoki temiryo‘l transporti vositasi bo‘lgan taqdirda xorijiy fuqarolar Rossiya hududini erkin tark etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 20-sentabrdan boshlab Rossiya hududiga Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Koreya Respublikasi fuqarolari havo transporti orqali erkin kirib kelishlari mumkin.

FMX rahbari Valentina Kazakova bilan bo‘lgan intervyuning to‘liq videosi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

© SputnikGrajdanstvo, patenti, pandemiya: novshestva v migratsionnom zakonodatelstve RF
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga qanday kirishi mumkinligi aytildi - Sputnik O‘zbekiston
Grajdanstvo, patenti, pandemiya: novshestva v migratsionnom zakonodatelstve RF

Yangiliklar lentasi
0