"Shamol va qor": O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadi

© SputnikV Uzbekistane vipal perviy sneg
V Uzbekistane vipal perviy sneg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dengiz sathidan 2000 m baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Bugun respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Shimoliy Qozog‘iston hududlaridan nisbatan sovuq havoning bir-biriga yaqinlashgan qismlari O‘zbekiston hududiga birin-ketin kirib kelmoqda.

Produkti, soderjashie vitamin D - Sputnik O‘zbekiston
Kuzda immunitetni qanday mustahkamlash mumkin – virusolog tavsiyalari

Bugundan respublika hududiga yana sovuq havo kirib kela boshladi, kunning birinchi yarmida hududning ayrim qismlarida havo harorati kechagidan 4-6 darajaga past bo‘ldi, deya xabar beradi O‘zgidromet.

Xuddi shunday sovuq havo, ertaga respublika hududida ham davom etadi. Kechasi harorat 3-6 daraja, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13-17 darajadan yuqori bo‘lmaydi, bu 5-7 darajaga meyordan past.

Hududning katta qismida bugun va ertaga quruq havo saqlanib qoladi. Faqat O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy hududlari Turkmaniston hududlaridan nam bulut massalari kirib keladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, dengiz sathidan 2000 m baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Bugun respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3-6 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa havo 18-20 darajagacha isiydi.

Yangiliklar lentasi
0