Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari tayinlandi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimlariga qator tayinlovlar amalga oshirildi.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Baxodir Yusupaliyev - Sputnik O‘zbekiston
Sanepid osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga rahbar tayinlandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib Xolmamat Norboyev Nuraliyevich tayinlandi. Norboyev 1977-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida harbiy sohaning sanitariya-epidemiologiya yo‘nalishida faoliyat yuritgan.

Mutaxassisligi – gigiyenist-epidemiolog shifokor. 2002-yildan boshlab bir qator harbiy unvonlarga sazovor bo‘lgan, 2018-yilda esa tibbiy xizmat podpodkovnigi darajasiga erishgan. SEOJS boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishdan avval O‘zbekistonMudofaa vazirligi bosh sanitariya vrachi – Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi boshlig‘i bo‘lgan.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari etib tibbiyot fanlari doktori Nurmat Atabekov tayinlandi. 1957-yilda tug‘ilgan Atabekov ko‘p yillar davomida gigiyena, sanitariya va epidemiologiya sohasida turli lavozimlarni egallab kelgan. Jumladan, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori lavozimlarida ishlab kelgan.

Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

Tayinlovdan avval esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Botirjon Kurbanov ham Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. 1979-yilda tug‘ilgan Kurbanov ko‘p yillar davomida sanitariya-epidemiologiya sohasida faoliyat yuritgan. U II darajali "Salomatlik" ordeni sohibidir. Tayinlovdan avval B.Kurbanov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Vrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining yana bir o‘rinbosari etib Qobuljon Hayitov tayinlandi. 1986-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Hayitov Toshkent moliya institutini tamomlagan hamda moliya, iqtisodiyot va soliq sohalarida bir qator davlat tashkilotlarida faoliyat yuritgan. U Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi unvoniga sazovor bo‘lgan. Tayinlovdan avval Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi Buxgalteriya bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu xizmat O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0