Xorijdan olinadigan jo‘natmalar miqdori cheklanadi – yangi qonun

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishNovogodnee oformlenie GUMa
Novogodnee oformlenie GUMa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yildan boshlab xorijdan olinadigan jo‘natmalar qiymati 200 dollar va og‘irligi 10kg miqdorida cheklanishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekistonda xorijdan bir kvartal davomida olinadigan jo‘natmalar summasini 1000 dollardan 200 dollarga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

Yangi qonunga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab bojxona to‘lovlarisiz olib kelinayotgan jo‘natmalar miqdorini besh baravar – 200 dollargacha kamaytirish rejalashtirilgan. Aynida damda bir kvartalda umumiy qiymati 1000 dollargacha bo‘lgan mahsulot olib kirish mumkin.

Buyurtma berilgan mahsulot qiymati 200 dollardan oshgan taqdirda fuqarolar undan bojxona to‘lovi to‘lash talab qilinadi.

Aytish joizki, cheklov nafaqat posilka qiymati balkim uning vazniga nisbatan ham kiritilgan. Xususan jo‘natmaning brutto og‘irligi – 10 kilogramdan oshmasligi kerak.

Loyihani muhokama qilish 23-oktabrga qadar davom etadi. Ayni damda Davlat Bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligi kiritilishi, belgilangan meyordan oshgan posilkalardan olish rejalashtirilayotgan Yagona bojxona to‘lovini ishlab chiqmoqda.

Qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, ushbu choralar mamlakatda tadbirkorlikni amalga oshirish uchun teng raqobatbardosh sharoit yaratish hamda yashirin iqtisod darajasini pasaytirish maqsadlarida amalga oshirilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0