TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Bishkekdagi Ala-Too maydonida otshma sodir bo‘ldi. O‘q ovozini eshitgan olomon 4 tomonga qarab qochdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, aniqlanmagan shaxslar Atambayevning mashinasiga o‘q uzgan. Keyinroq u yerda 2ta jangovar patron gilzasi topilgan.
Ushbu voqeadan biroz oldin Ala-Too maydonida 2ta turli muxolitfat guruhlari orasida to‘qnashuv bo‘lgan. Bir tomondan Almazbek Atambayev, Omurbek Babanov va uyushgan jinoyatchilikka qarshi bo‘lganlar ikkinchi tomondan Sadir Japarov tarafdorlari kelishgan. Muxolifatchilar bir-birlarini toshbo‘ron qilishgan edi. Keyinroq Japarov tarafdorlari Ala-Too maydonini egallashgan.
So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ala-Too maydonida yana bir necha kishi jarohatlangan. Ulardan biri siyosatchilardan birining tan soqchisi ikkinchisi muxolifatchi Toktogaziyev.