TOShKENT, 9 okt - Sputnik. O‘zbekiston aptekalarida dori-vositaari narxlarini qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirish holatlari qayd etildi. Bu haqida Ista’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar qilmoqda.
Narx oshishi asosan Respublikada so‘nggi vaqtlarda keskin yetishmovchiligi kuzatilayotgan "Remdesivir" - virusga qarshi dorisi va "Inflyuvak" - grippga qarshi vaksinasi savdo narxlarida aniqlangan.
Xususan, bugungi kunda aptekalarda "Remdesivir" narxi - 1 800 000 so‘mga, "Inflyuvak" narxi esa - 250 000 so‘mga yetgan. Agentlik aniqlashiga ko‘ra ushbu preparatlarning o‘rtacha narxi 1 066 000 so‘m va 86 000 so‘mni tashkil qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2647-sonli qaroriga muvofiq aptekalar dori visitalarining ulgurji narxlari ustiga 20%dan ortiq ustama qo‘ya olmaydi. Ulgurji savdo kompaniyalari esa - dorilar bazaviy narxidan 15%dan ortiq ustama qo‘yish huquqiga ega emas.