TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 117 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 59 905 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 73 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Andijon viloyatida, 10 nafar Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 494 kishini tashkil etmoqda.
Shu paytga qadar 56 568 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 843 nafar bemor davolanmoqda.