O‘n minglab mehnat migrantlari o‘z uylariga qaytishni istaydi - Rossiya muftiysi

© Foto iz lichnogo arxivaGlava Duxovnogo sobraniya musulman Rossii Albir Krganov
Glava Duxovnogo sobraniya musulman Rossii Albir Krganov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Volgogradda to‘planib qolgan migrantlar chodirlar va qurilayotgan masjid binosiga joylashtirildi - Krganov.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Yaqin xorijiy mamlakatlardan kelgan o‘n minglab mehnat migrantlari o‘z uylariga qaytishni istaydi, dedi Rossiya musulmonlari ulamo kengashi rahbari muftiy Albir Krganov RIA Novostiga.

Mehnat migrantlarini o‘z vataniga qaytarish borasida hozir vaziyat ancha murakkab. Turli asosli va asossiz xabarlar tarqalishi oqibatida mehnat migrantlari Volgograd viloyatiga yetib kelishgan. Oqibatda bu yerda o‘z vatanlariga qaytish uchun chipta ololmay 2000ga yaqin kishi to‘planib qolgan. 

"Hukumat chodirlar o‘rnatib bergan, lekin hammaga joy yetmagan. Volgograd viloyati Musulmonlar markaziy boshqarmasi ularni qurilayotgan masjid binosiga joylashtirdi va migrantlarni vataniga qaytarishda yordam berdi", - deydi Krganov.  

Rossiya muftiysi mahalliy hukumat organlariga minnatdorlik bildirdi. 

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekistn hukumati bir necha o‘n minglab fuqarolarni vataniga qaytardi. Charter parvozlar maxsus tashkil qilingan poyezdlar va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga elchixona o‘zbekistonlik vatandoshlarga yana bir bor faqat rasmiy manbaalar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarga ishonishni eslatib o‘tgan. 

O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha trasport turlari uchun chegaralarni ochgan va karantin chorlarini yumshatgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0