Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, raketa uchirish joyidan 450 kilometr uzoqlikda Barens dengizida joylashgan nishonni muvaffaqiyatli yakson qildi. "Sirkon" eng yuqori 8 Max tezligida bu masofani 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida bosib o‘tdi.
Gipertovushli qanotli raketaning sinovlari yakunlanmoqda, 2020-yil oxiri - 2021-yil boshiga qadar qabul qilinadi. Birinchi bosqichda ular Rossiya harbiy dengiz flotining suvosti kemalari bilan jihozlanadi.