Noyabrda metro jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi

© MintransJeton Tashkentskogo metropolitena
Jeton Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent metro bekatlari va 1000 dan ortiq avtobuslar - yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Noyabr oyidan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi. Bu haqida O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tartib jamoat transportida naqd puldan voz kechish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali avtomatlashgan yo‘l haqi to‘lovini amalga oshirish tizimining ishlab ketishini tezlashtirish, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 2020-yil 1-noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatilishini ma’lum qilamiz, - deyilgan rasmiy xabarda.

Bugungi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.

Undan tashqari, “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli 1000 dan ortiq avtobuslarning barchasi elektron kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil va statsionar validatorlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz,2019 yil 25-noyabr oyida Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi. Uning doirasida 2020-yil 3-yanvardan e’tiboran yagona transport kartalari muomalaga chiqarilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0