Eng xavfli COVID-19 bemorlari ma’lum qilindi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v bolnitse № 122 im. L. G. Sokolova
Gospital COVID-19 v bolnitse № 122 im. L. G. Sokolova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik infeksionist Tatyana Kalugina qaysi toifadagi COVID-19 bemorlari atrofdagilar uchun o‘ta xavfligini aytdi.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Yekaterinburg sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh bolalar infeksionisti Tatyana Kalugina qaysi toifadagi COVID-19 bemorlari atrofdagilar uchun o‘ta xavfligini aytdi.

Personal v maskax vo vremya otdixa na Pekinskom mejdunarodnom avtoshou - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

Shifokorning ta’kidlashicha, bunday toifaga koronavirusni yengil boshdan kechiruvchi bemorlar kiradi. Chunki ular og‘ir ahvoldagi bemorlarga qaraganda uzoqroq muddat virus tashuvchilari bo‘lishadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat barcha yoshdagi guruhlarda, jumladan, bolalar orasida kuzatilmoqda.

Kaluginaning so‘zlariga ko‘ra, hozir shahardagi 11-sonli bolalar klinik kasalxonasida 70 foizgacha bolalar kasallikning hech qanday tashqi alomatlarisiz bo‘lib turibdi, ammo ularga javob berish mumkin emas. Chunki ular atrofdagilarga virusni yuqtirishlari mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘ylab 36,4 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. Virus qurbonlari soni 1 mln 60 mingdan oshgan. Eng ko‘p kasallanish AQSh (7,7 mln), Hindiston (6,8 mln), Braziliya (5 mln), Rossiya (1,2 mln) va Kolumbiyada (877 ming) qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0