O‘zbekiston va Hindiston davlat xavfsizligini ta’minlashda hamkorlikni mustahkamlaydi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy militsioner
Uzbekskiy militsioner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat vakillari ichki ishlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish lozimligi muhokama qildi.

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. O‘zbekiston IIV va Hindiston elchixonasi harbiy attashesi o‘rtasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi.

Maket AES  - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston O‘zbekistonga yadro infratuzilmani rivojlantirishda yordam beradi

"Joriy yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Vazirlik Moddiy-texnika ta’minoti, Moliya-iqtisod va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan Hindiston elchixonasi harbiy attashesi Nipuna Anand o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi", - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi ko‘plab sohalardagi xalqaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlab o‘tilgan.

Idoralar o‘rtasidagi moddiy-texnika sohasidagi o‘zaro manfaatli shartnomalar hamda ichki ishlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish lozimligi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar davlat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, yaqin kelajakda o‘zaro tajriba almashish va mavjud hamkorlikni qonuniy mustahkamlash uchun amaliy tashriflar tashkil etish masalasi yuzasidan fikr almashdilar.

Yangiliklar lentasi
0