TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Rossiya harbiylari “Sirkon” gipertovushli qanotlik raketani sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov mamlakat prezidenti Vladimir Putinga ma’lum qildi.
“Sirkon” Oq dengizdagi “Admiral Gorshkov” harbiy kema bortidan uchirildi. U Baransevo dengizida 450 kilometr uzoqlikdagi nishonni yakson qildi.
“Sirkon” soniyasiga 1,6 kilometr, yoki soatiga 5,7 ming kilometr tezlikda harakat qilgan. Parvozning maksimal balandligi 28 kilometr, vaqt esa 4,5 daqiqani tashkil etgan.
Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, gipertovushli majmua sinovlar yakunlangandan keyin 2020-2021 yillarda Harbiy dengiz flotining suv osti va suv usti kemalarining qurollanishiga topshiriladi.