Mirziyoyev va Rahmon mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta RUZPrezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqdi.

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Protesti v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston TIV Qirg‘izistondagi voqealar yuzasidan tashvish bildirdi

“Suhbat chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi”,  -deyilgan xabarda.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, 5-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud ayyomi bilan tabriklagan edi.

Yangiliklar lentasi
0