TOShKENT, 7 okt — Sputnik. 7-oktabr kuni Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida tashkil etilgan “COVID-19” infeksiyasiga gumon qilingan va kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod baloni portlaganligi holati yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatildi.
Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi.