“Sardoba ishi”ga oid yangi tafsilotlar ochiqlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPosledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. “Sardoba ishi” bo‘yicha bugungi kunda 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ma’lum qildi.

"Sardoba" ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi - Bosh prokuratura

Likvidatsiya posledstviy ChS v Sardobinskom rayone Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
“Sardoba” ishi bo‘yicha ekspertiza xulosasi va qamoqqa olingan shaxslar - BP bayonoti

Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘onning loyihalanishi, qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor 17 nafar shaxs, jumladan, buyurtmachi “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK, loyihachi “UzGip” MChJ, bosh pudratchi – “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK, pudratchi tashkilotlar “Rezaksoy suv qurilish” UK, “Omad Dubl” MChJ, “Sariosiyo qurilish” MChJ, “Trans Servis Kompleks” MChJ, “To‘palang Sherobod” ShK, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdor shaxslarining bir guruhi tegishli (167, 203, 205, 207, 209, 258) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka jalb qilingan.

Ayblanuvchilarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida tegishli idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari davom ettirilmoqda. Aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Sardoba” suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0